Avto

Xitoyda GAC Trumpchi GS3 2026 avtomobili savdosi boshlandi

Foto: Autohome

Xitoyning GAC kompaniyasi yangilangan GAC Trumpchi GS3 2026 modelini ichki bozorga chiqardi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Dizayn o‘zgarishsiz qolgan bo‘lib o‘tkir chiziqli zamonaviy ko‘rinish, «suzuvchi» tom va yashirin eshik tutqichlari bilan ajralib turadi.

Foto: Autohome

Zaxira g‘ildirak opsiya sifatida taklif etiladi, Jinzhi komplektatsiyasida esa multimedia ekrani 12,3 dyuymdan 14,3 dyuymgacha kattalashgan. Model 85,8 mingdan 108,8 ming yuangacha (taxminan $12 ming – $15 ming) narxda besh variantda sotuvga chiqdi.

Foto: Autohome

Jinzhi versiyasi LTE modem, telematik tizim va Bluetooth-kalit bilan jihozlangan. Kapot ostida 1,5 litrli 177 ot kuchiga ega turbomotor va 7 pog‘onali uzatma o‘rnatilgan. WLTC usuliga ko‘ra yonilg‘i sarfi 6,18 litr/100 km etib ko‘rsatilgan.

Esaltib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota bZ3X modeli Hongkongda 29 ming dollar narxda taqdim etilgani haqida yozgan edi.