Avto

Xitoyda Jetta VS5 2026 savdosi boshlandi

Tashqi va ichki ko‘rinish avvalgidek qolgan
Foto: Autohome

Jetta kompaniyasi tomonidan Jetta VS5 2026 avtomobili taqdim etildi. Bu haqda Autohome texnologiya nashri xabar bermoqda.

Tashqi va ichki ko‘rinish avvalgidek qolgan bo‘lsa-da, jihozlanishda ayrim o‘zgarishlar kiritilgan. Zaxira g‘ildirak asosiy komplektatsiyadan olib tashlangan, u alohida opsiya sifatida taklif etiladi. Bazaviy versiyada esa shinalarni ta’mirlash to‘plami mavjud.

Model 88 mingdan 122 ming yuangacha (taxminan $12 ming – $17 ming) bo‘lgan narxlarda to‘qqiz xil komplektatsiyada sotuvga chiqdi.

Foto: Autohome

Jetta VS5 Volkswagen MQB platformasida yaratilgan bo‘lib, u Skoda Karoq va boshqa Volkswagen AG avtomobillariga o‘xshash. Salonida 8 yoki 10 dyuymli multimedia ekrani (CarPlay qo‘llab-quvvatlovi bilan), mexanik boshqaruv tugmalari, iqlim nazorati va haydovchiga yordam beruvchi tizimlar mavjud.

Bazaviy versiyada mato o‘rindiqlar, yuqori komplektatsiyalarda esa charm o‘xshash qoplamali o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

Foto: Autohome

Kapot ostida 1,4 litrli EA211-DLE turbomotor joylashgan. U 150 ot kuchiga ega, alyuminiy blokli va to‘g‘ridan to‘g‘ri yoqilg‘i purkash tizimi bilan ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota bZ3X modeli Hongkongda 29 ming dollar narxda taqdim etilgani haqida yozgan edi.