70 dollarlik iQOO Watch GT 2 taqdim etildi

21-oktabr 2025 07:51 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Gizmochina

Xitoyda yangi iQOO 15 flagmani bilan birga iQOO Watch GT 2 aqlli soati ham taqdim etildi. Yangi model o‘zining arzon narxi va ilg‘or funksiyalari bilan e’tibor qozondi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Soat alyuminiy korpus va 2,07 dyuymli AMOLED-displey bilan jihozlangan. Ekranning aniqligi – 432×514 piksel, yangilanish tezligi – 60 Gs, yorqinligi esa 2400 nitgacha. Qurilmada Always-On Display funksiyasi mavjud.

iQOO Watch GT 2 sog‘liqni nazorat qilish uchun barcha zarur datchiklar bilan ta’minlangan: yurak urish tezligi (ChSS), SpO₂, uyqu sifati, stress darajasi va nafas olishni kuzatadi. Shuningdek, 100 dan ortiq sport rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Gizmochina

Soat Blue OS 3.0 tizimida ishlaydi va DeepSeek asosidagi sun’iy intellekt yordamchisi bilan jihozlangan. Unda mikrofon, dinamik, Bluetooth 5.4, GPS va NFC mavjud. eSIM versiyasi LTE tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Bluetooth versiyasi 695 mA·soatli batareyaga ega bo‘lib, 33 kungacha ishlaydi. eSIM versiyasi esa 595 mA·soat quvvat bilan 8 kungacha avtonomlikni ta’minlaydi. Qurilmaning og‘irligi – 35,8 gramm, o‘lchami – 47,54×40,19×10,97 mm.

Narxlar:

  • Bluetooth-versiya – $70
  • eSIM-versiya – $100

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iQOO 15 smartfoni haqida nimalar ma’lumligi haqida yozgandi.

Shuningdek