AQSh va Avstraliya Xitoy ta’siriga qarshi strategik kelishuv imzoladi

eʼlon qilindi
Loyihadan maqsad Xitoyning nodir yer metallaridagi 70 foizlik ustunligini kamaytirish
AQSh va Avstraliya Xitoy ta’siriga qarshi strategik kelishuv imzolandi
Foto: BBC

AQSh va Avstraliya $1 milliardlik sarmoya kiritib foydali qazilmalar loyihalarini tezlashtirishga keldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, loyihadan maqsad Xitoyning nodir yer metallarini qazib olish va qayta ishlashdagi 70 foizlik ustunligini kamaytirish hamda G‘arb mamlakatlari uchun xomashyo xavfsizligini ta’minlashdir.

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albanesening so‘zlariga ko‘ra, ushbu bitim mamlakatda $8,5 milliardlik investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi va Avstraliyaning resurslar bo‘yicha imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp esa kelishuvni G‘arb iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlovchi muhim qadam deb atadi. U, shuningdek, AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi AUKUS mudofaa ittifoqi to‘liq kuch bilan davom etayotganini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Xitoy dunyo nodir yer metallarining 70 foizini qazib oladi va ularning 90 foizini qayta ishlaydi. Bu elementlar – mudofaa texnologiyalaridan tortib elektromobillar va mikrochiplar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan sohalar uchun muhim xomashyo hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh va Xitoy savdo mojarosi sabab neft narxlari pasaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek