Bahrayn – 2025: O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi

21-oktabr 2025 11:49 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

O‘zbekiston yosh sportchilari 3 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
Foto: MOQ

Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining 20-oktabr kungi musobaqalari O‘zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Delegatsiya a’zolari kurash va penchak silat yo‘nalishlarida 3 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Kurash bahslarida Madinabonu Karimova (-52 kg) va Shohjahon G‘olibov (-83 kg) raqiblariga hech qanday imkon qoldirmay, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Penchak silat yo‘nalishida esa Nurislom Ro‘ziboyev (-63 kg) finalda g‘alaba qozonib, O‘zbekistonga yana bir oltin medal olib keldi. Shu bilan birga, Feruza Bozorova (-55 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Foto: MOQ

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 31-oktabrga qadar davom etadi. Osiyo o‘yinlarida 45 mamlakatdan, 4300 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Osiyoning eng yaxshi futbolchilari aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek