Favqulodda vaziyatlar sohasi raqamlashtiriladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-dekabrga qadar idoralararo raqamli jamoa yagona texnologik talablar asosida butun sohani raqamlashtiradi
SI
Foto: Focus-Nomirial

2028-yil 1-dekabrga qadar favqulodda vaziyatlar tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli yechimlarni joriy etish orqali raqamlashtirish darajasi 60 foizga yetkaziladi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

2030-yilgacha sohada ishlatiladigan import o‘rnini bosuvchi qutqaruv va yong‘in texnikasi mahsulotlarining mahalliylashtirish darajasi 30 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, innovatsion mahsulotlar yaratish, sinov-tadqiqot ishlari, muvofiqlikni baholash va yong‘in-texnik ekspertiza tizimi yanada rivojlantiriladi.

2026-yil 1-dekabrga qadar idoralararo raqamli jamoa yagona texnologik talablar asosida butun sohani raqamlashtiradi. 2027-yil 1-dekabrga qadar esa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot-tahliliy platformalariga integratsiya qilinadi.

Avvalroq IT-parkning ikkinchi bosqichi start olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek