Favqulodda vaziyatlarni oldini olishda sun’iy intellekt joriy etiladi

eʼlon qilindi
Idora va tashkilotlarning axborot tizimlari yagona texnologik platformaga birlashtiriladi
Favqulodda vaziyatlarni oldini olishda sun’iy intellekt joriy etiladi
Favqulodda vaziyatlarni oldini olishda sun’iy intellekt joriy etiladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Prezident farmoniga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish va ularning oqibatlarini yengillashtirish bo‘yicha bir qator yangi chora-tadbirlar belgilandi.

Endilikda bu sohada sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli texnologiyalar keng joriy etiladi. Shu orqali turli idora va tashkilotlarning axborot tizimlari yagona texnologik platformaga birlashtiriladi.

Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlar ustuvor vazifa etib belgilandi:

  • hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish uchun mahalla darajasida profilaktika tizimini yaratish;
  • davlat nazorati shakllarini zamon talablariga mos ravishda yangilash;
  • aholini, ko‘ngilli qutqaruvchilarni va volontyorlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash hamda ularga jalb etish;
  • energetika, kimyo, radiatsiya va portlash xavfi yuqori bo‘lgan korxonalar barqaror faoliyatini ta’minlash.

Mazkur farmon orqali favqulodda vaziyatlarda aholining xavfsizligini oshirish va zamonaviy texnologiyalar yordamida tezkor choralar ko‘rish tizimi kuchaytiriladi.

Avvalroq davlat rahbari sun’iy intellekt darslari, laboratoriyalari va alyansi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergani haqida xabar berilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellektni rivojlantirish uchun malakali kadrlar tayyorlashni maktabdan boshlash zarurligini ta’kidladi. Bu borada keyingi o‘quv yilidan informatika faniga sun’iy intellekt mavzulari kiritiladi.

Shuningdek