Global nosozlikdan so‘ng AWS xizmati yana ish holatiga qaytdi

eʼlon qilindi
AWS xizmati yana ish holatiga qaytdi
AWS xizmati yana ish holatiga qaytdi
Foto: Reuters

Amazon kompaniyasi Amazon Web Services (AWS) xizmati normal ish rejimiga qaytganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Bu avvalroq internetdagi keng ko‘lamli uzilishlar tufayli dunyo bo‘ylab minglab saytlar va ilovalarda, jumladan, Snapchat hamda Reddit kabi mashhur platformalarda uzilishlar kuzatilgan edi.

Shunga qaramay, kompaniya ayrim AWS xizmatlarida xabarlar to‘planib qolganini va ularni to‘liq qayta ishlash uchun bir necha soat kerak bo‘lishini bildirdi. Uzilish sababli ko‘plab katta shaharlarda xodimlar ish jarayonida muammolarga duch keldi, foydalanuvchilar esa to‘lovlar amalga oshirish yoki aviachipta xarid qilish kabi kundalik vazifalarni bajara olmadi.

Dushanba kuni ham ayrim foydalanuvchilar Venmo va Zoom kabi xizmatlarda muammolar davom etayotganini xabar qilishdi.

Bu hodisa o‘tgan yildan buyon kuzatilgan eng yirik internet nosozligi bo‘ldi. O‘shanda CrowdStrike tizimidagi xatolik tufayli kasalxonalar, banklar va aeroportlarda texnik tizimlar ishdan chiqqan edi.

Bu so‘nggi besh yil ichida US-EAST-1 nomli Shimoliy Virjiniyadagi AWS markazi bilan bog‘liq kamida uchinchi yirik uzilish hisoblanadi. Amazon kompaniyasi bu markaz nega muntazam ravishda muammolarga duch kelayotgani haqida qo‘shimcha izoh bermadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Amazon serverlaridagi nosozlik sababli dunyo bo‘ylab ko‘plab saytlar ishdan chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek