Hokimliklarda ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
O‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlaydigan platforma ishlab chiqiladi
Davlat organlarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Davlat organlarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tilini rivojlantirish va uning nufuzini oshirishga qaratilgan yangi qarorni qabul qildi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, viloyat va shahar (tuman) hokimliklarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Shuningdek, qaror asosida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • o‘zbek tilini o‘qitish tizimini takomillashtirish, yangi darslik va qo‘llanmalar yaratish;
  • bolalar uchun «Mening ilk izohli lug‘atcham» kabi rasmli lug‘at kitoblari tayyorlash;
  • o‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlaydigan platforma ishlab chiqish;
  • «O‘zbekiston milliy qomusi» va «Ona tili. Qomus» kitoblarini nashrga tayyorlash;
  • o‘zbek tili bayrami munosabati bilan har yili tanlov, olimpiada va madaniy tadbirlar tashkil etish.

Shuningdek, xorijdagi vatandoshlar va boshqa millat vakillari uchun o‘zbek tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish ham ko‘zda tutilgan.

Avvalroq O‘zbekistondagi vokzal, stansiya hamda razyezdlarning nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi haqida xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Transport vazirligi hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 3 oy muddatda barcha peshlavhalar va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili me’yorlariga mos shaklda qayta yozishi lozim.

Shuningdek