Gadjetlar

Huawei Mate 70 Air smartfonining asosiy xususiyatlar oshkor bo‘ldi

Foto: Huawei

Xitoyda yangi Huawei Mate 70 Air smartfoni tez orada taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Huawei’ning yangi modeli SUP-AL90 indeksi ostida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, u 6,9 dyuymli Full HD (1920×1080 piksel) ekran bilan ta’minlanadi. Mate 70 Air ikkita versiyada sotuvga chiqadi: 12 GB operativ xotira + 256 GB va 12 GB + 512 GB doimiy xotira bilan. Rangi esa Golden Black, Feather White va Silver Brocade variantlarida taqdim etiladi.

Hozircha smartfonning qalinligi yoki aniq o‘lchamlari haqida ma’lumot berilmagan. Shunga qaramay, model raqamidagi ALXX belgisi uning 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamasligi mumkinligidan darak beradi. Bu Huawei uchun noodatiy holat.

Huawei Mate 70 Air kompaniyaning ultra-ingichka Air liniyasiga mansub bo‘ladi. Avvalroq Xitoyda Nubia Air (6,7 mm) va Moto X70 Air (5,99 mm) smartfonlari taqdim etilgan edi.

Shuningdek, Huawei noyabr oyida Mate 80 seriyasini ham taqdim etishi kutilmoqda. Ushbu yangi seriyaga Mate 80, Mate 80 Pro, Mate 80 Pro+ va Mate 80 RS, shuningdek, Mate X7 bukiladigan telefoni kirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Jetour Zongheng G700 avtomobili haqida yozgan edi.