Lifestyle

«Nasaf» Elit OCHL uchinchi turida «Shabab Al Ahli»ga yirik hisobda yutqazdi

Foto: olamsport.com

Elit Osiyo Chempionlar ligasining uchinchi turida Qarshining «Nasaf» klubi Dubayda «Shabab Al Ahli» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuv Al Rashid stadionida o‘tkazildi. Hisobni mezbonlar 9-daqiqada Federiko Kartabiya ochdi, biroq oradan bir daqiqa o‘tib «Nasaf» a’zosi Zafarmurod Abdirahmatov javob goli kiritdi. 27-daqiqada Renan Viktor, 41-daqiqada esa Mateusao mezbonlarning ustunligini mustahkamladi. O‘yin yakuniga yaqin, 90+5-daqiqada Breno so‘nggi natijani belgiladi – 4:1.

«Nasaf» safida Sherzod Nasrullaev, Zafarmurod Abdirahmatov, Javohir Sidiqov va Alibek Davronov ogohlantirildi.

Uchrashuvni xitoylik hakam Shen Yin Hao boshchiligidagi brigada boshqardi. VAR tizimi ta’minoti esa tailandlik mutaxassislarga yuklatilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Nasaf» safarda kambek qurboni boʻldi va turnirni alamli magʻlubiyat bilan boshlagani haqida xabar bergan edi.