OnePlus Ace 6 smartfonining barcha texnik xususiyatlari ochiqlandi

21-oktabr 2025 09:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus Ace 6
OnePlus Ace 6 smartfonining barcha texnik xususiyatlari oshkor qilindi / Foto: Gizmochina

OnePlus kompaniyasi yangi Ace 6 smartfonining to‘liq texnik tavsiflarini e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Modelning taqdimoti keyingi haftada o‘tkazilishi kutilmoqda. Smartfon 6,83 dyuymli 1,5K+ o‘lchamdagi displeyga ega bo‘lib, 165 Hz yangilanish chastotasini, Dolby Vision, HDR Vivid va HDR10+ texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Pikov yorqinlik 1800 nit, PWM chastotasi esa 2160 Hz bo‘ladi.

Qurilma Snapdragon 8 Elite protsessorida ishlaydi. 7800 mA/soat sig‘imli batareya 120 Vt tezkor quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi va 2000 marta zaryadlangach ham 80 foiz sig‘imini saqlab qoladi.

Foto: One Plus

Asosiy kamera 50 MP’lik sensor bilan jihozlangan bo‘lib, unga 8 MP keng burchakli obyektiv qo‘shilgan. OnePlus Ace 6 ultratovushli ekrandan o‘qiladigan barmoq izi skaneri, IP65 himoya darajasi, stereodinamiklar, infraqizil datchik va samarali sovitish tizimiga ega.

Yuqori versiyada 16 GB RAM va 1 TB xotira mavjud. OnePlus Ace 6 allaqachon Xitoyda oldindan buyurtmaga ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi K90 Pro smartfoni qanday imkoniyatlar bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek