O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini qayta ko‘rib chiqish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifamiz — prezident O‘zbekiston xalqini til bayrami bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
Keyingi ikki yilda 2,6 ming obyekt davlat tili talablari asosida qayta nomlandi
O‘zbek tilining imlo qoidalari yangilanadi — prezident O‘zbekiston xalqini til bayrami bilan tabrikladi
O‘zbek tilining imlo qoidalari yangilanadi — prezident O‘zbekiston xalqini til bayrami bilan tabrikladi. Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan xalqni tabrikladi. Davlat rahbari nutqida o‘zbek tilining mavqeyini oshirish, uni zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar tili sifatida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ta’kidladi.

Xususan, bugungi kunga qadar 250 mingga yaqin geografik obyekt, jumladan, 200 mingdan ortiq ko‘cha nomlari davlat tiliga muvofiqlashtirilib, reyestrga kiritildi. Faqat keyingi ikki yilda tog‘ va cho‘qqilar, daryo, ko‘l, suv omborlari, foydali qazilma konlari, metro bekatlari, temiryo‘l vokzali va stansiyalari, aeroport va avtostansiyalar singari 2,6 ming obyekt davlat tili talablari asosida qayta nomlandi.

Davlat rahbari til siyosatini ilmiy asosda yuritish, xorijiy so‘zlarni o‘zbekchalashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, yoshlar o‘zbek tilini mukammal o‘rganib, milliy ruhda tarbiyalanishlari kerakligini aytdi. Bundan tashqari, davlat rahbari imlo qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi muhim vazifa ekanligini ham ta’kidladi.

«Bundan o‘ttiz yil oldin qabul qilingan O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini qayta ko‘rib chiqish ham kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarimiz qatoriga kiradi. Shuningdek, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida til madaniyati va savodxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan zamonaviy va ta’sirchan media mahsulotlarni ko‘paytirish lozim», — deydi Mirziyoyev bayram tabrigida.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev davlat tilini rivojlantirish va uning nufuzini oshirishga qaratilgan yangi qarorni qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, viloyat va shahar (tuman) hokimliklarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Shuningdek