O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik darajasi bo‘yicha xalqaro reytingda 17 pog‘ona yuqoriladi

eʼlon qilindi
Mamlakat hozirda 70-o‘rinni egalladi
Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik darajasi bo‘yicha xalqaro reytingda 17 pog‘ona yuqoriladi. Mamlakat hozirda 70-o‘rinni egalladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning IT-parkka tashrifida qayd etildi.

2030-yilgacha sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini $1,5 mlrdga yetkazish rejalashtirilgan edi, biroq xorijiy ekspertlar O‘zbekiston salohiyatini $10 mlrd atrofida baholamoqda.

Prezident topshirig‘i

Prezident ta’kidlashicha, Raqamli texnologiyalar vazirligi bu borada faolroq ishlashi, vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari haftasiga bir kunni sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishga bag‘ishlashi zarur.

«Hamma vazirlar, hokimlar chet elga borganida sun’iy intellekt iqtisodiyot tarmoqlari rivojiga qanday hissa qo‘shayotgani, aholiga, biznesga nima yengillik berayotganini ko‘ryapti. Bizda ham shuni qilsa bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi», – degan prezident.

Adliya va soliq tizimidagi yangiliklar

Adliya va soliq idoralari sun’iy intellekt asosida onlayn maslahat tizimini ishga tushirdi. Endilikda fuqarolar bu platforma orqali 24 soat davomida huquqiy va moliyaviy masalalarda maslahat olishi mumkin.

Bojxona tizimida SI joriy etilmoqda

Bojxona qo‘mitasi esa sun’iy intellekt yordamida xavflarni boshqarish tizimini joriy etdi, bu esa yuklarni tez va aniq tahlil qilish, noqonuniy harakatlarning oldini olish imkonini beradi.

Geologiya sohasidagi qo‘llanilishi

Geologiya sohasida ham SI texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Videotahlil tizimi yordamida rudadan olinadigan metall miqdorini 1-2 foizga oshirish rejalashtirilgan. Bu loyiha amalga oshirilgach, faqatgina mis qazib olish yo‘nalishida yiliga $20 mlndan ortiq qo‘shimcha daromad olinishi kutilmoqda.

Avvalroq hokimliklarda ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek