
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi venesuelalik tengqurlariga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Janubiy amerikaliklar safida David Garsiya 29-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymning 86-daqiqasida Nurbek Sarsenbayev muvozanatni tikladi.

Islom Ismoilov shogirdlari 3 – 27-noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Yig‘in doirasida Kot-D’Ivuar va Burkina-Faso U-17 terma jamoalariga qarshi bahslar rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan The Guardian O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi Sadriddin Hasanovni eng iqtidorli 60 nafar futbolchilar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergan edi.