O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 1,8 barobarga oshdi

O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni so‘nggi besh yilda 1,8 barobar oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabr holatiga mamlakatda jami 17 188 ta shunday korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 4 134 tasi qo‘shma, 13 054 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning 1-iyulida chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 880 tani tashkil etgandi.
Eng ko‘p xorijiy korxonalar Xitoy (4 570 ta), Rossiya (3 150 ta) va Turkiya (2 048 ta) davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, Qozog‘iston (1 165 ta), Afg‘oniston (616 ta), Tojikiston (364 ta) va Qirg‘iziston (339 ta) Respublikalari ham o‘ntalikka kirgan.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etilishi haqida yozgandi.