O‘zbekistonda suv sohasi to‘liq raqamlashtiriladi

eʼlon qilindi
suv
Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etiladi
kanal
Foto: Ochiq manbalar

O‘zbekistonda suv sohasini raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish va barqaror rivojlantirish belgilandi. Bu haqda prezident farmoni imzolandi.

Unga ko‘ra, endilikda 400 dan ortiq ma’lumot raqamlashtiriladi. 600 mingdan ortiq suv iste’molchilari va 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yer maydonlari haqidagi ma’lumotlar elektron tarzda shakllantiriladi.

Shuningdek, suvdan foydalanish bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Soha innovatsion texnologiyalar asosida barqaror rivojlantiriladi.

Shu bilan birga, Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibida yangi tashkilot – Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etiladi. Markaz Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati negizida faoliyat yuritadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Qirg‘iziston 2025-yilda O‘zbekistonga mineral suv eksportini qariyb to‘rt baravarga oshirgani haqida yozgandi.

Shuningdek