Gadjetlar

Redmi K90 Pro Max kamerasida olingan fotosuratlar e’lon qilindi

Foto: Notebookcheck

Redmi K90 Pro Max smartfoni Xiaomi 17 flagmanidagi asosiy kameradan foydalanadi. Kompaniya endi ushbu kamera orqali olingan yuqori aniqlikdagi portret va ko‘cha suratlarini taqdim etdi.

Redmi K90 Pro Max trubkasi 50 MP’lik uch modulli tizimga ega. Asosiy Light Fusion 950 sensori (1/1,31 dyuym), 5 karra periskopik teleobyektiv (Samsung JN5) va 50 MP keng burchakli obyektiv (OV50M). Bu Redmi liniyasida ilk marta 5 karra zumli kamera o‘rnatilgan model hisoblanadi.

Smartfon, shuningdek, 2.1 formatdagi audio tizim bilan jihozlanadi, ovoz sozlamalari Bose kompaniyasi tomonidan kalibrlangan.

K90 Pro Max 7560 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlanadi. Qurilma 100 Vt quvvatdagi simli, 50 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi va 22,5 Vt teskari zaryadlash funksiyasiga ega bo‘ladi.

Xiaomi prezidenti Lu Veybing bu modeldagi 1/1,31 dyuymli asosiy sensor Redmi tarixidagi eng yirik va eng sifatli kamera ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi K90 Pro smartfoni qanday imkoniyatlar bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.