Samarqandga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi

Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan shaharga kirish vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2025-yil 30-oktabrdan 14-noyabrgacha Samarqand viloyati orqali tranzit tarzda o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Shu kunlarda shahar markaziga kirish cheklovlari joriy qilinadi.
Haydovchilar uchun maxsus flayerlar tayyorlanadi – undagi QR-kod orqali mobil ilova yordamida aylanma yo‘llar haqidagi ma’lumotni olish mumkin bo‘ladi.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga murojaat qilib, quyidagicha bayonot berdi:
«Mazkur kunlarda Samarqandga safar rejalashtirgan bo‘lsangiz, imkon bo‘lsa, tashrifni boshqa kunga qoldiring. Bu choralar xalqaro anjumanni xavfsiz o‘tkazish uchun zarur».
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Taras Shevchenko ko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatilishi haqida yozgandi.