Sanae Takaichi Yaponiyaning birinchi ayol bosh vaziri bo‘ldi

eʼlon qilindi
U 237 ta ovoz to‘pladi
Sanae Takaichi Yaponiyaning birinchi ayol bosh vaziri bo‘ldi
Foto: Reuters

Hukmron Liberal-demokratik partiya yetakchisi Sanae Takaichi parlamentning quyi palatasida 237 ta ovoz to‘plab, hukumat rahbari lavozimini egalladi. Uning nomzodi keyinchalik yuqori palata tomonidan ham tasdiqlandi, deb xabar berdi Reuters.

Takaichi bu lavozimda iste’foga chiqqan Sigeru Isibani almashtirdi. Isiba partiyaning saylovdagi mag‘lubiyatidan so‘ng iste’fo bergan edi.

Takaichi o‘zining konservativ qarashlari bilan tanilgan. U Yaponiyaning tinchlikparvar konstitutsiyasini qayta ko‘rib chiqish va Tayvan bilan munosabatlarni mustahkamlash tarafdori.

Iqtisodiyot sohasida Takaichi Abenomika siyosatini davom ettirish niyatida. Bu siyosat iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun yumshoq pul-kredit siyosatini yuritish va davlat xarajatlarini oshirishni ko‘zda tutadi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu yondashuv moliya bozorlariga bosimni kuchaytirishi mumkin.

Mutaxassislar fikricha, Takaichining saylanishi Yaponiya siyosatidagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirishi va Tokio bilan qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekisan Yaponiyada ilk bor ayol kishi bosh vazir bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek