Avto

Sergeli avtomobil bozori: Cobalt, Damas va Gentra avtomobillari qanday narxda sotilmoqda

Cobalt bozorda hanuz eng ko‘p so‘ralayotgan avtomobillardan biri bo‘lib qolmoqda
Sergeli avtobozori
Sergeli avtomozoridagi avtomobillar narxlari qanday / Foto: Kursiv Uzbekistan

Avtomobil savdosi onlayn bozorlardan ko‘ra an’anaviy bozorlarda faol kechadi. Bu jarayon modellarning texnik imkoniyatlari va kamchiliklarini real ko‘rish imkonini taqdim etadi. Kursiv Uzbekistan muxbiri Sergeli avtomozoridagi avtomobillar narxlari hamda bozordagi jarayon bilan tanishdi.

Ushbu maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

Chevrolet Cobalt — eng talabgir budjet avtomobil

Cobalt bozorda hanuz eng ko‘p so‘ralayotgan avtomobillardan biri bo‘lib qolmoqda. Model qulaylik, tejamkorlik va ishonchliligi bilan xaridorlarni o‘ziga tortmoqda.

YilUzatma turiYurgan masofaGaz baloniNarxShartlar
12024avtomatmetan$12 250naqd yoki bo‘lib to‘lash
22014mexanika204 000 km$9 000naqd
32025avtomatyangi$13 500naqd yoki bo‘lib to‘lash
42022avtomat50 000 km$12 800boshlang‘ich to‘lov $3 200

2022-yilda ishlab chiqarilgan modelga boshlang‘ich to‘lov $3,2 mingni tashkil etadi. Qolgan qismi esa besh yilgacha bo‘lgan muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.

Oylik to‘lov:

  • 3 yilga — 4,77 mln so‘m;
  • 4 yilga — 3,94 mln so‘m;
  • 5 yilga — 3,46 mln so‘m.

Avtomobil xaridor nomiga rasmiylashtiriladi, ammo to‘lov to‘liq yakunlanguncha bank garovida qoladi.

Gentra

Chevrolet Gentra ishlab chiqarilishi 2024-yil 26-iyulda to‘xtatilgan bo‘lsa-da, bozordagi talab pasaygani yo‘q. Xaridorlar uni keng salon, yumshoq yurishi va ishonchli osma tizimi uchun qadrlashadi.

YilUzatma turiYurgan masofaGaz baloniNarxShartlar
12021avtomat70 000 kmmetan$11 500naqd
22019avtomat180 000 kmmetan$9 700naqd
32020mexanika90 000 kmmetan$10 000naqd
42023avtomat7 500 km$13 000bo‘lib to‘lash

Bo‘lib to‘lash shartlari (2023-yil modeli uchun):

  • 3 yilga — 7,91 mln so‘m;
  • 4 yilga — 6,67 mln so‘m;
  • 5 yilga — 5,96 mln so‘m.

Nexia 3 narxlari

Ishlab chiqarilishi to‘xtagan Nexia 3 O‘zbekiston bozorida hamon eng budjetli sedan sifatida o‘z mavqeyini saqlab turibdi. U tejamkorligi va texnik soddaligi sababli yangi haydovchilar va taksoparklar orasida mashhur.

YilUzatma turiYurgan masofaGaz baloniNarxShartlar
2022avtomat40 000 kmmetan$11 500naqd yoki bo‘lib to‘lash
2020mexanika30 000 km$9 800naqd
2018mexanika54 000 km$8 800naqd

Bundan tashqari, 2018-yilda ishlab chiqarilgan va 100 ming km yurgan Nexia 3 $5,9 ming narxda taklif etilmoqda.

Chevrolet Onix savdosi

Yangi avlod Chevrolet Onix modeli tez sur’atda mashhurlikka erishmoqda. U zamonaviy tashqi ko‘rinish, past yonilg‘i sarfi va yuksak xavfsizlik tizimi bilan ajralib turadi.

YilUzatma turiYurgan masofaNarx
2025mexanikayangi$16 100
2025avtomat7 000 km$17 000
2024avtomat25 000 km$15 500

Damas va Wuling uchun talab qanday

Bozorda Damas modeli hanuz kichik biznes egalari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun eng mashhur variantlardan biri.

YilUzatma turiYurgan masofaGaz baloniNarxShartlar
2024mexanikayangi$6 700naqd
2024mexanika24 000 kmmetan$7 700naqd
2024mexanika5 400 kmmetan$7 100naqd
Foto: Kursiv Uzbekistan

Shuningdek, Wuling yangi holatda 120–130 mln so‘m oralig‘ida sotilmoqda.

Tracker, Equinox va Malibu — mahalliy premium segment

O‘zbekiston avtomobil sanoatida yuqori toifadagi modellar ham e’tiborni tortmoqda.

ModelYilYurgan masofaNarx
Tracker2021149 000 km$14 700
Equinox202310 000 km$35 000
Malibu 2202240 000 km$24 000

Ularning barchasi avtomatik uzatma bilan jihozlangan.

Bozorda xorijiy brendlar

Sergeli avtobozorida endi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan xorijiy brendlar ham xaridor topmoqda. Bu avtomobillar zamonaviy texnologiyalar, gibrid yoki elektr tizimlari hamda qulay servis xizmati bilan ajralib turadi.

Masalan:

  • BYD Qin Plus DM-i (2024, 10 ming km) — $19 500;
  • KIA Sorento (2023, 10 ming km) — $35 000;
  • Leapmotor C11 (2023, elektr, 10 ming km) — $21 300, mavjud ijaraga olish imkoniyati bilan.

Bozor holati — o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishlar

So‘nggi bir yil ichida bozorda bo‘lib to‘lash asosida sotiladigan avtomobillar soni sezilarli oshgan. Endilikda ko‘plab mashinalar vositachilar orqali sotilmoqda. Ular yangi avtomobillarni yetkazib beruvchilardan xarid qilib, yuqoriroq narxda qayta sotishmoqda.

Ko‘plab avtomobillarda boshlang‘ich to‘lov miqdori va telefon raqami ko‘rsatilgan reklama yozuvlari joylashgan. Bu esa bozorda xususiy sotuvchilar sonining kamayganini, o‘rniga avtosalon va vositachi kompaniyalar faoliyati kuchayganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt avtomobilini ustaxonada yangilash qanchaga tushishi haqida yozgan edi.