
Ijtimoiy tarmoqlarda «UzAuto Motors» AJning Navoiy viloyatidagi omborida olingan video tarqaldi. Kompaniya bu holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Unga ko‘ra, hozirda har kuni o‘rtacha 400 ta Onix va 440 ta Tracker avtomobili sotilmoqda.
«Avtomobillarni mijozlarga topshirish muddatlarini qisqartirish maqsadida logistika xabi tashkil etilgan bo‘lib, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlaridagi mijozlarga avtomobillarni 1-2 kun ichida yetkazib berish imkonini beradigan zarur miqdordagi mashinalar jamlangan», – deyiladi izohda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors taqdim etadigan yangi Chevrolet Cobalt haqida nimalar ma’lumligini yozgandi.