23-oktabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Biroz bulutli va o‘zgaruvchan havo bo‘lishi kutilmoqda
9-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Sun’iy intellekt

O‘zbekiston hududida 23-oktabr kuni asosan biroz bulutli va o‘zgaruvchan havo bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘pchilik hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘in ehtimoli yo‘q. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11–13°, kunduzi 26–28° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10°, kunduzi 21–26°.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 23–28°.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo asosan biroz bulutli. Yog‘in kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 23–28°.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 25–30°.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo biroz bulutli. Yog‘in kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 23–28°.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10°, kunduzi 18–23° bo‘ladi.

Shuningdek