Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sezildi

eʼlon qilindi
Sezilish kuchi 3 ball
Qirg‘izistonda zilzila
Foto: Facebook.com

21-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:14:49 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, zilzila episentri Toshkentdan 556 km janubiy-sharqda bo‘lib, sezilish kuchi 3 ballni tashkil etdi.

Zilzila magnitudasi 6 ballni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 225 km edi. Episentri Afg‘oniston Respublikasi Badaxshon viloyati bo‘ldi.

Zilzila quyidagi to‘qqizta viloyatda sezildi:

  • Surxondaryo viloyatida 3 ball, 349 km.
  • Farg’ona viloyatida 2-3 ball, 438 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 489 km.
  • Andijon viloyatida 2-3 ball, 492 km.
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 493 km.
  • Samarqand viloyatida 2-3 ball, 505 km.
  • Namangan viloyatida 2-3 ball, 505 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 536 km.
  • Toshkent shahrida 2 ball, 556 km.

Episentrning aniq koordinatalari: 36,48 N, 71,09 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Shuningdek