OLX Qozog‘iston saytining sotilishi, Toshkentdagi arzon uylar, Mirziyoyevning navbatdagi tashrifi — 22-oktabrning muhim yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan yangiliklarni jamladi
Foto: falco / Pixabay

Kursiv Uzbekistan 22-oktabr kuni yuz bergan muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida zilzilalarni oldindan prognoz qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Zilzila
Foto: Bgnuh / depositphotos.com

O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatga prognoz qilish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, seysmik xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida bir qator yangi tashabbuslar amalga oshiriladi.

Qozog‘istondagi OLX e’lonlar sayti Beeline tomonidan 75 mln dollarga sotib olinmoqda

Foto: Olx

Beeline Qozog‘iston (VEON kompaniyasining mintaqaviy filiali) OLX Group’dan OLX Qozog‘iston onlayn e’lonlar platformasining 100 foiz ulushini $75 million evaziga sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Beeline kompaniyasi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

22-oktabr kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin

dollar
Foto: Ochiq manbalar

Banklar 22-oktabr kungi xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan eng yaxshi narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotni taqdim qiladi.

Valyuta sotib olish uchun eng qulay banklar

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 020 so‘m«Davrbank», Xalq banki
EUR14 000 so‘m«Infinbank», «Poytaxtbank»
RUB149 so‘m«Infinbank»

Valyuta sotish uchun eng qulay banklar

ValyutaEng yuqori kurs (sotish)Bank nomi
USD12 000 so‘m«Madadinvest»
EUR14 000 so‘mXalq banki
RUB138 so‘m«Kapitalbank»

Rossiyada Telegram qo‘ng‘iroqlari qayta tiklanmoqda

Telegram
Foto: Airtel

Rossiya hududida Telegram messenjeridagi ovozli va videoqo‘ng‘iroqlar yana faol bo‘ldi. Bu haqda iGuides Telegram kanali foydalanuvchilar xabarlariga tayanib ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil yozida Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati (Rosskomnadzor) qarori bilan messenjer va WhatsApp’dagi (Meta Platforms Inc. ekstremistik tashkilot deb tan olingan) audioqo‘ng‘iroqlar bloklangandi.

Uy mojarosi: tadbirkor Sanjar Karimov va aldanib qolgan ayol voqeasi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Foto: Kollaj

Ijtimoiy tarmoqlarda toshkentlik Jamila Olimboyeva ismli ayolning uy bilan bog‘liq oilaviy mojarosi tarqaldi. Uning aytishicha, uyini yo‘qotishiga sobiq qallig‘i va tadbirkor Sanjar Karimov (Real Sanjik) sababchi bo‘lgan.

Toshkentdagi eng arzon uylar qaysi hududlarda

Toshkentdagi eng arzon uylar qaysi hududlarda
Toshkentdagi eng arzon uylar qaysi hududlarda. Foto: ijtimoiy tarmoq

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2025-yil sentabr oyi hisobotiga ko‘ra, Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori narxlari o‘tgan yilga nisbatan 1,7 foizga kamaygan.

Sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 24,2 mingtani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,7 foizga ko‘p. Birlamchi bozorda narxlar uch foizga oshgan, ayniqsa Mirobod, Bektemir va Yakkasaroy tumanlarida o‘sish 5,8 foizni tashkil etgan.

Luvr muzeyidan oʻgʻirlangan buyumlar qiymati 88 mln yevroga baholandi

Luvrdan o‘g‘irlangan durdonalar 102 million dollarga baholanmoqda
Foto: CNN

Parijdagi Luvr muzeyidan oʻgʻirlangan buyumlar qiymati 88 mln yevroga baholandi. Bu haqda Parij prokurori Lor Beko muzey rahbari bilan birgalikda bergan bayonotida ma’lum qildi.

Prokurorning soʻzlariga koʻra, bu nafaqat moliyaviy, balki madaniy merosga yetkazilgan katta zarardir.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryusselga boradi

Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev / Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23 – 24-oktabr kunlari Bryussel shahriga rasmiy tashrif bilan boradi.

Shuningdek