O‘zbekistonda oltin quymalar narxi keskin tushdi

eʼlon qilindi
5 grammli quyma 8,693 mln so‘mdan 8,326 mln so‘mga pasaydi
Oltin
O‘zbekistonda oltin quymalar narxi yana tushdi. Foto: Unsplash

O‘zbekistonda 22-oktabr holatiga ko‘ra, oltin quymalar narxi yana pasaydi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Regulyator xabariga ko‘ra, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha tushdi. Xususan, 5 grammli quyma 8,693 mln so‘mdan 8,326 mln so‘mga, 10 grammli quyma 17,386 mln so‘mdan 16,652 mln so‘mga, 20 grammli quyma 34,772 mln so‘mdan 33,305 mln so‘mga pastladi.

Shuningdek, 50 grammli quyma 83,262 mln so‘m, 100 grammli esa 166,523 mln so‘mni tashkil etdi.

Jahon bozorida ham oltin narxi keskin pasaydi. Xususan, 22-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:33 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning spot narxi bir troya unsiyasi uchun $4129,09 ni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oltin quymalar narxi 20-oktabr kuni ham keskin pasayishni qayd etgandi. Xususan, 5 grammli quyma 8,801 mln so‘mdan 8,589 mln so‘mga, 10 grammli quyma 17,601 mln so‘mdan 17,179 mln so‘mga, 20 grammli quyma 35,203 mln so‘mdan 34,358 mln so‘mga pasaydi.

Shuningdek