Peruda jinoyatchilikka qarshi favqulodda holat e’lon qilindi

Peruda bir necha haftadan beri tartibsizlik hukm surmoqda. Namoyishlarda 200 dan ortiq odam, jumladan, politsiyachilar va jurnalistlar jarohatlangan, bir kishi politsiya tomonidan o‘ldirilgan.
Favqulotda holat joriy etish qarori korrupsiya va jinoyatchilikning ortishi sababli so‘nggi haftalarda davom etayotgan ommaviy noroziliklardan keyin qabul qilindi. Favqulodda holat hukumatga armiyani ko‘chalarga chiqarish, namoyishlarni cheklash va ayrim fuqarolik erkinliklarini vaqtincha to‘xtatish imkonini beradi.
Prezident bu chorani jinoyatchilikka qarshi keskin burilish nuqtasi deb atadi va fuqarolarga tinchlik va ishonchni tiklashni va’da qildi.
Transport sohasida jinoyatlar soni keskin oshdi. Joriy yilda 47 avtobus haydovchisi tovlamachilik bilan bog‘liq hujumlarda halok bo‘lgan. Oktabr oyida parlament sobiq prezident Dina Boluarteni korrupsiya va jinoyatchilikning kuchayishi sabab lavozimidan ozod qilgan. Uning o‘rnini parlament spikeri Xose Pery egallab, 2026-yil iyuligacha prezident vazifasini bajaradi.
Peruda so‘nggi o‘n yil ichida yetti marta hukumat almashgani mamlakatdagi siyosiy beqarorlikni yanada chuqurlashtirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi besh yillik qamoq jazosini o‘tashni boshlagani haqida xabar bergan edi.