
Leverkuzenda mahalliy «Bayer» klubi o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qildi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Parijliklar safida Xvicha, Vitinya, Due, Usmon Dembele va Nuno Mendesh gollar muallifi bo‘lishdi. Leverkuzinliklar tomonidan Alesh Garsiya dubl qayd etdi. Tomoshabinlar 9 ta gol va 2 ta qizil kartochka guvohi bo‘lishdi.
Gretsiyaning «Olimpiakos» jamoasi Kataloniyada «Barselona» mehmoni bo‘ldi. Hansi Flik shogirdlari ishonchli g‘alaba qayd etdi – 6:1. Fermin Lopes xet-trik qayd etib, uchrashuv qahramoniga aylandi. Markus Reshford va Lamin Yamal ham hisobiga gol yozib qo‘ydi.
«Barselona» — «Olimpiakos» 6:1
Turning sensatsiyasi esa Antonio Konte boshchiligidagi «Napoli»ning «PSV»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lishi bo‘ldi. Mezbonlarning 6 goliga Skot Maktominay dubl bilan javob berdi. Neapolliklar 1 g‘alaba va 2 mag‘lubiyatdan so‘ng turnir jadvalida 22-o‘rinda bormoqda.
«PSV» — «Napoli» 6:2
«Atletiko Madrid» esa Londonda «Arsenal»ga qarshi safar o‘yinida 0:4 hisobida yutqazdi. Viktor Gyokeresh dubl qayd etib, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi. «Arsenal» barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, yuz foizlik natija bilan 3-o‘rinda bormoqda.
«Arsenal» — «Atletiko Madrid» 4:0
«Nyukasl Yunayted» o‘z uyida «Benfika»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi, «Inter» esa Belgiyada «Royale Union» darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritdi. Qozog‘istonning «Qayrat» klubi o‘z maydonida Kiprning «Pafos» jamoasiga qarshi o‘yinda durangga (0:0) rozi bo‘ldi. Turning so‘nggi o‘yinida «Borussiya Dortmund» Daniyada «Kopengagen» ustidan 2:4 hisobida g‘alaba qozondi.
«Nyukasl Yunayted» — «Benfika» 3:0
«Union Berlin» — «Inter» 0:4
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Marokash yoshlar jamoasi Jahon chempioni bo‘lgani haqida xabar bergan edi.