Rasman O‘zbekiston Misrga qarshi o‘ynaydi

22-oktabr 2025 12:52 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
O‘zbekiston Misrga qarshi o‘ynaydi
Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Dubaydagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Musobaqani Kabo-Verde va Eron terma jamoalari uchrashuvi ochib beradi. Bu o‘yin 13-noyabrga o‘tkaziladi. 14-noyabr kuni esa Fabio Kannavaro shogirdlari Muhammad Saloh boshchiligidagi Misr terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

G‘olib bo‘lgan jamoalar finalga yo‘l olishadi. Mag‘lubiyatga uchraganlar esa uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi. Turnirda ishtirok etadigan barcha to‘rt terma jamoa ham Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi. O‘zbekiston va Kabo-Verde uchun bu o‘z tarixidagi dastlabki mundial sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvlar «Al-Nasr» klubiga qarashli «Al-Maktum» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan terma jamoamiz noyabr oyida Misr bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek