
Xiaomi kompaniyasi Redmi K90 modeliga oldindan buyurtma qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniya prezidenti Lu Veybing ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi Redmi K90 avvalgilardan ham chiroyli bo‘ladi. Hozircha modelning texnik xususiyatlari va narxi oshkor etilmagan – ular haqida ma’lumotlar 23-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan taqdimotda e’lon qilinadi.
Shu kuni Redmi K90 Pro Max flagman modeli va Redmi Watch 6 aqlli soati ham taqdim etiladi. Soat katta ekran, ingichka ramka va bir oyga yaqin batareya ishlash muddati bilan ajralib turadi.
Redmi K90 tasvirlari hozircha e’lon qilinmagan, ammo kompaniya Pro Max versiyasining dizaynini namoyish etdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Pro Max smartfoni bukish va qizdirish sinovlaridan o‘tkazilgani haqida yozgan edi.