
O‘tgan hafta taqdim etilgan Vivo X300 va X300 Pro smartfonlari suratga olish sifati bilan e’tibor qozondi. Vivo X300 Pro va Samsung Galaxy S25 Ultra smartfonlari orqali olingan suratlarni taqqoslab, natijalarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.




Ko‘rinishidan Samsung smartfonidagi tasvirlarda shovqinlar aniq seziladi, Vivo esa yanada tiniq va rang balansi tabiiyroq bo‘lgan kadrlarni taqdim etgan.



Vivo X300’da Samsung ishlab chiqargan 200 megapikselli HPB sensori o‘rnatilgan. Shunga qaramay, bu kamera S25 Ultra’dagi HP2 sensordan yaxshiroq natija ko‘rsatgan.



Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S24 uchun One UI 8 yangilanishi vaqtincha to‘xtatilgani haqida yozgan edi.