Yangiliklar

Samsung yangi smartfonlar taqdimotini kechiktirdi

Bahor boshiga – mart oyiga surishga qaror qilgan
Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi o‘zining yangi flagman smartfonlarini chiqish muddatini kechiktiradi. Bu haqda BGR nashri Techmaniacs manbalariga tayanib xabar berdi.

Odatda Janubiy Koreyaning IT-giganti yangi Galaxy S smartfonlarini yil boshida – yanvar yoki fevral oylarida taqdim etadi. Ammo 2026-yilda noma’lum sabablar tufayli kompaniya taqdimotni bahor boshiga – mart oyiga surishga qaror qilgan.

Manbalarning aytishicha, Samsung taqdimot muddatini o‘zgartirishga aniq sabab keltirmagan, biroq gadgetlarni ishlab chiqish va loyihalash jarayonida ayrim texnik muammolarga duch kelingani aytilmoqda. Shunga qaramay, kompaniya yangi qurilmalarning ayrim xususiyatlarini allaqachon belgilagan:

  • Exynos 2600 protsessori bilan ishlaydi;
  • Yangilangan 10-bitli displey bilan jihozlanadi;
  • 5000 mA·soat sig‘imli batareya o‘rnatiladi.

Kutilishicha, Samsung 2026-yilning birinchi choragida uchta modelni taqdim etadi:
Galaxy S26, Galaxy S26+ va Galaxy S26 Ultra.

Shuningdek, Galaxy S26 Edge modeli ishlab chiqilmaydi – kompaniya ultratovuq shaklli smartfonlar past savdosi sababli ushbu liniyani davom ettirmaslikka qaror qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra va Vivo X300 Pro kameralari taqqoslangani haqida yozgandi.