Shota Rustaveli ko‘chasida to‘rtta avtobus harakati qayta tiklandi

eʼlon qilindi
2025-yil 22-oktabrdan boshlab 2, 18, 45 va 94-sonli avtobuslar
Shota Rustaveli
Shota Rustaveli ko‘chasida to‘rtta avtobus harakati qayta tiklandi. Foto: prezident matbuot xizmati

2025-yil 22-oktabrdan boshlab Shota Rustaveli ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali 2, 18, 45 va 94-sonli avtobuslar harakatni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Bu yo‘lak faqat avtobuslar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi qat’iyan taqiqlanadi. Haydovchilar bu yo‘lakda chapga burilish yoki ortga qayrilish qoidalarini buzmasligi lozim.

Yo‘lovchilar esa avtobusga chiqishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari, platformaga faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylaridan chiqishi kerak bo‘ladi.

Vazirlikka ko‘ra, loyihaning asosiy maqsadi jamoat transportiga ustuvorlik berish, tirbandliklarni kamaytirish va yo‘lovchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishdan iborat.

Avvalroq prezident ushbu yangilangan ko‘chani jamoat transportida aylangani xabar qilingandi. Rekonstruksiya ishlari davomida qariyb yetti kilometr uzunlikdagi yo‘l yangidan ta’mirlanib, 10 ta qatnov qismiga bo‘lindi: oltitasi avtomobillar, ikkitasi avtobuslar uchun, yana ikkitasi esa to‘xtab turish joyi sifatida ajratilgan.

Shuningdek