Toyota Corolla Cross Hybrid Nasu Edition avtomobili qanday xususiyatlarga ega

22-oktabr 2025 11:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Toyota
Toyota Corolla Cross Hybrid Nasu Edition avtomobili qanday xususiyatlarga ega / Foto: Toyota

Toyota o‘zining mashhur Corolla Cross modeliga mutlaqo yangi ko‘rinish berdi. Kompaniya Corolla Cross Hybrid Nasu Edition nomli offroad versiyasini taqdim etdi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.

Ushbu noyob avtomobil 4 – 7-noyabr kunlari Las-Vegasda o‘tadigan SEMA Show 2025 ko‘rgazmasida ilk bor namoyish etiladi.

Foto: Toyota

Nasu Edition yagona nusxada yaratilgan bo‘lib, u oddiy shahar krossoverini haqiqiy tog‘ yo‘llarini zabt etuvchi avtomobilga aylantirgan. Model Yaponiyaning Nasu tog‘li hududidan ilhomlangan — bu joy issiq buloqlari va sayyohlik yo‘llari bilan mashhur. «Nasu» so‘zi yapon tilida «maqsadga yetish» va «baqlajon» ma’nolarini bildiradi, shu bois kuzov o‘ziga xos binafsha rangda bo‘yalgan.

Avtomobil quyidagi o‘zgarishlarga ega:

  • Ko‘tarilgan osma va kattalashtirilgan yo‘l oralig‘i;
  • Toyo Open Country A/T III shinalari bilan qora offroad disklar;
  • Kengaytirilgan g‘ildirak yoylari, himoyalangan pastki qism, qo‘shimcha chiroqlar va kapotdagi dekorativ havo kirish teshigi;
  • Tom qismida «Nasu» logotipi tushirilgan bagaj qutisi va sport velosipedi.
Foto: Toyota

Salon ichida ham o‘zgarishlar mavjud: yoritilgan eshik porog‘lari, bagajda tortma yashik, portativ sovutkich va JBL Bluetooth karnay o‘rnatilgan. Kapot ostida — 2,0 litrli benzinli dvigatel asosida 196 ot kuchiga ega gibrid tizim, to‘liq g‘ildirakli uzatma bilan.

Loyiha Toyota’ning SPAD (Service Parts and Accessories Development) bo‘limi tomonidan CAD-modellashtirish va 3D-bosma texnologiyalari yordamida yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota bZ3X modeli Hongkongda 29 ming dollar narxda taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek