
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–sentabr oylarida Chevrolet Cobalt va Damas ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygan.
Umuman olganda, yengil avtomobillar ishlab chiqarish soni 297 724 donadan 326 364 donagacha, yuk avtomobillari esa 2 495 tadan 3 215 donagacha ko‘paygan. Maxsus yengil avtomobillar segmentida ham keskin o‘sish kuzatildi. Ular 18 879 donadan 39 163 donagacha ko‘paygan.

Qaysi model qancha ishlab chiqarilgan?
Mahalliy ishlab chiqaruvchilardan UzAuto Motors faqat Tracker modelining hajmini oshirgan. U 31 ming 197 donadan 34 ming 179 donagacha ko‘paygan. Onix ishlab chiqarish 24 ming 753 donadan 22 ming 598 donagacha, Cobalt esa 117 ming 705 donadan 116 ming 008 donagacha kamaygan. Damas ishlab chiqarish ham 70 ming 030 tadan 67 ming 879 tagacha qisqargan.
Shu bilan birga, Xitoy va Janubiy Koreya brendlari ishlab chiqarishni keskin oshirdi. KIA 14 ming 214 tadan 19 ming 633 tagacha, Chery 5 ming 619 tadan 6 ming 882 tagacha, Haval 1 ming 803 tadan 6 ming 245 tagacha o‘sdi. Eng katta sakrashni BYD qayd etgan. Brend atigi 681 donadan 13 ming 730 donagacha oshdi.
Jadval:
Mahsulot turi / model | 2024-yil (dona) | 2025-yil (dona) | O‘sish / kamayish |
---|---|---|---|
Yuk avtomobillari | 2 495 | 3 215 | +720 |
Yengil avtomobillar (jami) | 297 724 | 326 364 | +28 640 |
Shundan maxsus yengil avtomobillar | 18 879 | 39 163 | +20 284 |
Cobalt | 117 705 | 116 008 | −1 697 |
Damas | 70 030 | 67 879 | −2 151 |
Tracker | 31 197 | 34 179 | +2 982 |
Onix | 24 753 | 22 598 | −2 155 |
KIA | 14 214 | 19 633 | +5 419 |
Chery | 5 619 | 6 882 | +1 263 |
Haval | 1 803 | 6 245 | +4 442 |
BYD | 681 | 13 730 | +13 049 |
Tank 500 | – | 47 | +47 |
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors taqdim etadigan yangi Chevrolet Cobalt haqida yozgan edi.