Xiaomi 17 Pro Max smartfoni bukish va qizdirish sinovlaridan o‘tkazildi

22-oktabr 2025 09:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: JerryRigEverything You Tube

Mashhur texnobloger JerryRigEverything tomonidan yangi Xiaomi 17 Pro Max smartfoni an’anaviy sinovlardan o‘tkazildi.

JerryRigEverything‘ning so‘zlariga ko‘ra, qurilmada ikki ekran borligi sinovni qiziqarli qildi. Old ekran mustahkam himoya oynasiga ega bo‘lib, tirnalishlarga bardosh berdi. Orqa ekran esa biroz yumshoqroq materialdan yasalganligi sababli osonroq tirnalgan.

Bukish va qizdirish sinovlarida esa Xiaomi 17 Pro Max mustahkamligini namoyon etdi – korpus bukilmadi, ekran buzilmagan.

Bloger keyinroq qurilmani butunlay ajratib ko‘rgan. Shunda orqa displey qanday joylashgani aniq bo‘ldi: u orqa oynaning ichki tomoniga o‘rnatilgan va metall plastinaga vintlar orqali mahkamlangan.

Blogerning aytishicha, bu dizayn almashtirish jarayonini biroz murakkablashtirishi mumkin, biroq texnik yechim jihatidan soddaligi bilan ajralib turadi.

Smartfon haqida

Kameralar Leica bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Asosiy sensori Light Hunter 950L bo‘lib, LOFIC texnologiyasini qo‘llaydi va 16,5 bosqichli ekspozitsiya diapazonini ta’minlaydi. Bu esa qarama-qarshi yorug‘likda yuqori sifatli surat olish imkonini beradi. Shuning uchun kompaniya yangi modellarni «qarshi yorug‘likda suratga olish qiroli» deb atadi. Qolgan sensorlar ham 50 MP aniqlikka ega, shuningdek, 5 karra optik zum mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi tunda o‘zi haroratni boshqaradigan aqlli adyolni taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek