Avto

Xitoyda Tank 400 gibrid yo‘ltanlamasi uchun oldindan savdo boshlandi

Modelning narxi $43 mingdan boshlanadi
Tank 400 gibrid yo‘ltanlamasi / Foto: Tank

Xitoyda yangilangan Tank 400 gibrid yo‘ltanlamasi uchun oldindan buyurtmalar qabul qilina boshlandi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Model ikki xil komplektatsiyada taklif etilmoqda. Modelning narxi $43 mingdan boshlanadi. Avtomobil 428 ot kuchiga ega Hi4-T va 869 ot kuchli Hi4-Z gibrid tizimlari bilan jihozlanadi.

Dizayn va texnologiyalar

Foto: ITHome

Yangi Tank 400 kuzovida yangi Dunhuang Purple (binafsha) rangi, tomda lidar tizimi, yon va orqa kameralar o‘rnatilgan. Model Coffee Pilot Ultra uchinchi avtonom haydash tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u City NOA (shahar sharoitida) va Highway NOA (trassada) rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Orqa fonarlarda faol xavfsizlik tizimining ko‘k indikatorlari mavjud.

O‘lchamlari 4964×1970×1905 mm, g‘ildirak bazasi 2850 mmni tashkil etadi.

Salon ichida yangi materiallar, uch shoxli rul va 15,6 dyuymli markaziy multimedia ekrani o‘rnatilgan. Asboblar paneli – 12,3 dyuymli raqamli displeyga ega.

Texnik ko‘rsatkichlar

Foto: ITHome

Tank 400 Hi4-Z:

  • 2,0 litrli benzinli dvigatel – 251 ot kuchi, 380 N·m;
  • Ikki elektromotor – 292 va 326 ot kuchi;
  • 3 pog‘onali DHT uzatmalar qutisi;
  • 59,05 kVt·soat sig‘imli akkumulyator;
  • Toza elektrda yurish masofasi – 200 km (WLTC).

Tank 400 Hi4-T:

  • 2,0 litrli benzinli dvigatel – 251 ot kuchi;
  • Bitta elektromotor – 177 ot kuchi;
  • 37,1 kVt·soatli batareya;
  • Toza elektrda yurish masofasi – 105 km (WLTC).

Yangilangan Tank 400 modeli yuqori quvvat, takomillashtirilgan avtopilot va zamonaviy multimedia tizimi bilan yo‘ltanlamaslar orasida yangi bosqichni boshlab bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Great Wall yangi Tank 400 avtomobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.