Zeekr X 2026 yangi interyer va Energee batareyasi bilan taqdim etiladi

22-oktabr 2025 17:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
yangilangan 2026 Zeekr X
Foto: Autohome

Zeekr X 2026 yangi interyer va Energee batareyasi bilan taqdim etiladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Hozirda Zeekr X besh xil komplektatsiyada ishlab chiqarilmoqda, ularning narxi 149 ming yuandan 199 ming yuangacha (taxminan $20,7–27,6 ming) yetadi. Yangilangan versiya ham shu segmentda joylashadi.

Foto: Autohome

Tashqi ko‘rinishda katta o‘zgarishlar yo‘q. Suratlarda kulrang mat bo‘yoqli kuzov, qora tom va gul shaklidagi besh qirrali disklar ko‘rinadi. O‘lchamlari avvalgiday qoladi. Uzunligi 4 450 mm, eni 1 836 mm, balandligi 1 572 mm, g‘ildirak bazasi esa 2 750 mm.

Foto: Autohome

Salon dizayni esa sezilarli yangilangan. Markaziy konsol endi yopiq shaklda bo‘lib, unda simsiz telefon quvvatlash maydoni va qo‘shimcha saqlash joylari mavjud. Eshik panellari va o‘rindiqlarda yangi romb naqshli tikuv ishlatilgan. Orqa o‘rindiq uchun alohida havo ventilyatsiyasi ham qo‘shilgan.

Kabina avvalgidek uch ekranli tizimni saqlab qoladi: 8,8 dyuymli asboblar paneli, 14,6 dyuymli markaziy sensor ekran va 24,3 dyuymli proyeksiya displeyi.

Foto: Autohome

Texnik jihatdan Zeekr X hozirda 200 kVt quvvatli bitta motorli yoki 315 kVt (422 ot kuchi) quvvatli ikkita motorli versiyalarda ishlab chiqarilmoqda. Ular 49 yoki 66 kVt·soatli batareyalar bilan jihozlanib, 420 dan 560 kilometrgacha yurish masofasini ta’minlaydi.

Yangi Energee batareyasi esa bu ko‘rsatkichni yanada oshirishi kutilmoqda. Yangilangan Zeekr X 2025-yilning to‘rtinchi choragida rasman taqdim etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyda yangi Zeekr 7X oldindan buyurtmaga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek