Sport

«Chelsi» va «Bavariya»dan yirik g‘alaba, «Yuventus»da yana mag‘lubiyat. YChLda tur o‘yinlari yakunlandi

UEFA Chempionlar Ligasining 3-turi o‘yinlari o‘tkazildi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Kecha UEFA Chempionlar Ligasining 3-turi o‘yinlari o‘tkazildi. Tomoshabinlar murosasiz bahslar guvohi bo‘ldi. Ispaniyaning Bilbao shahridagi «San-Mames» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Atletik» Ozarbayjonning «Qarabog‘» jamoasini 3:1 hisobida yengdi. Mehmonlar o‘yinning boshida hisobni ochdi, ammo Gorka Guruseta 40-daqiqa javob golini urdi. Ikkinchi bo‘limda Robert Navarro (70) va Gurusetaning (88) gollari bilan «Atletik» muhim g‘alabaga erishdi.

Атлетик — Карабах. Обзор матча Лиги чемпионов. 4 тур. 22 октября 2025.

Osimxenning dubli «Galatasaray»ga g‘alaba keltirdi

Istanbuldagi «RAMS Park» stadionida «Galatasaray» Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Viktor Osimxen ilk bo‘limda ikki gol kiritib, dubl qayd etdi. Ikkinchi bo‘limda Yunus Akgyun (60) hisobni mustahkamladi. Mehmonlardan Andreas Helmerssen (76) bitta gol bilan javob qaytardi.

Галатасарай — Буде-Глимт. Обзор матча Лиги чемпионов. 4 тур. 22 октября 2025.

«Real Madrid» «Yuventus»ni minimal hisobda yengdi

Madridning «Santyago Bernabeu» stadionida «Real Madrid» Italiyaning «Yuventus» jamoasini 1:0 hisobida yendi. Jud Bellingemning 57-daqiqadagi aniq zarbasi o‘yin taqdirini hal qildi.«Real Madrid» 9 ochko bilan 5-o‘ringa chiqdi, «Yuventus» 2 ochko bilan 25-o‘rinda qoldi.

Реал Мадрид — Ювентус. Обзор матча Лиги чемпионов. 4 тур. 22.10.2025.

«Liverpul» Frankfurtda yorqin g‘alabaga erishdi

«Liverpul» Germaniyaning «Ayntraxt» jamoasini o‘z maydonida 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar Rasmus Kristensenning goli orqali hisobni ochgan bo‘lsa-da, «Liverpul» Ugo Ekitike (35), Virjil van Deyk (39), Ibrahima Konate (44), Kodi Gakpo (66) va Dominik Soboslai (70) gollari bilan ustunlikni qo‘lga oldi. «Liverpul» 6 ochko bilan 10-o‘ringa ko‘tarildi.

Айнтрахт Франкфурт — Ливерпуль. Обзор матча Лиги чемпионов. 4 тур. 22.10.2025.

«Bavariya» «Bryugge»ni yirik hisobda yengdi

Myunxendagi «Allianz Arena»da «Bavariya» Belgiyaning «Bryugge» jamoasini 4:0 hisobida yutdi. Lenart Karl (5), Harri Keyn (14), Luis Dias (34) va Nikolas Jekson (79) gollar muallifi bo‘ldi.

Бавария — Брюгге. Обзор матча Лиги чемпионов. 4 тур. 22.10.2025.

«Chelsi» o‘z uyida «Ayaks»dan ustun keldi

Londonning «Stemford Brij» stadionida «Chelsi» Niderlandiyaning «Ayaks» jamoasini 5:1 hisobida yengdi. 15-daqiqada «Ayaks» sardori Kennet Teylor qizil kartochka oldi. «Chelsi» Mark Giu (18), Moyses Kaysedo (27), Enso Fernandes (45, penalti), Estevao (45+6) va Tayrik Jorj (48) gollari bilan g‘alaba qozondi. «Ayaks»dan Veghorst (33, penalti) bitta gol kiritdi. Natijada «Chelsi» 6 ochko bilan 11-o‘ringa chiqdi, «Ayaks» hisobida esa umuman ochko yo‘q.

Челси — Аякс. Обзор матча Лиги чемпионов. 4 тур. 22.10.2025.

«Monako» va «Tottenhem» o‘rtasidagi o‘yin 0:0 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Lissabondagi bahsda «Sporting» Fransiyaning «Marsel» jamoasini 2:1 hisobida yendi. Igor Payshau (14) «Marsel»ni oldinga olib chiqdi, ammo Emersonning maydondan chetlatilishi mehmonlarga qimmatga tushdi. Dyeni Katamo (69) hisobni tenglashtirdi, Alisson Santos (86) esa g‘alaba golini kiritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChLning 3-tur o‘yinlari o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi.