Hokimliklarda yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Har bir rahbarga kamida 3 nafar ijrochi xodim biriktiriladi
Foto: Toshkent shahar hokimligi

2026-yil 1-yanvardan boshlab «Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi» 33 ta tuman (shahar) hamda Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida yangi boshqaruv tizimi sinov tariqasida joriy etiladi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon asosida 9 ta vazirlik va idora bo‘linmalari hokimliklar tarkibiga o‘tkaziladi. Hokimlar ushbu bo‘linmalar ustidan bevosita rahbarlik qiladi, xodimlarni tayinlaydi va rag‘batlantiradi.

Shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosarlari soni 6 nafarga, tuman va shahar hokimlarida esa 4 nafarga yetkaziladi. Har bir rahbarga kamida 3 nafar ijrochi xodim biriktiriladi.

Shu bilan birga, KPI ko‘rsatkichlariga to‘liq erishgan hokimlarga ajratiladigan mablag‘ 15 foizga oshiriladi. 2026-yildan boshlab «Hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumi» har yili o‘tkaziladi. «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqiladi. 2030-yilgacha mo‘ljallangan nomarkazlashtirish strategiyasi tayyorlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sentabr oyida hokim o‘rinbosarlari soni olti nafardan to‘rt nafarga qisqartirilishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek