
Wizz Air aviakompaniyasining O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan diskriminatsion munosabati xalqaro jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu voqeaga mashhur kanadalik qo‘shiqchi Dave Carroll qo‘shiq kuyladi.
Qo‘shiq qahramoni sifatida Wizz Air’dan aziyat chekkan o‘zbekistonlik Suhrob Ubaydullayev tasvirlangan. Suhrob kompaniya tomonidan millati tufayli samolyotga qo‘yilmagani uchun Italiyadagi xalqaro sudga murojaat qilgan. U kompaniyaning o‘zbekistonliklarga nisbatan kamsituvchi siyosatini fosh etib, adolatli sud qarori chiqishini talab qilmoqda.
Dave Carrollning Wizz Air haqidagi qo‘shig‘i ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat kompaniyani O‘zbekistonda qo‘llab-quvvatlab, mamlakatga olib kirgan tomonlar uchun ham jiddiy signal bo‘ldi – o‘zbekistonliklarni kamsitadigan kompaniya mamlakatda faoliyat yuritolmasligi kerak, degan fikrlar bildirilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» nashri 1-sentabrdan Wizz Air O‘zbekistondan Abu-Dabiga aviaparvozlarni to‘xtatgani haqida yozgandi.