OnePlus Ace 6 smartfonining taqdim etilish sanasi ma’lum bo‘ldi

23-oktabr 2025 13:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
One Plus
Foto: One Plus

OnePlus kompaniyasi 27-oktabr kuni Xitoyda yangi OnePlus 15 va Ace 6 smartfonlarini taqdim etadi. Rasmiy posterdagi ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus Ace 6 kompaniya tarixidagi eng ilg‘or Ace modeli bo‘ladi.

Yangi smartfon 165 Hz chastotali tekis OLED ekran, ultratovushli barmoq izi skaneri va metall korpusga ega. Qurilma IP66/68/69/69K himoya darajalariga javob beradi.

Asosiy e’tibor 7800 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 120 Vt tezkor quvvatlash tizimiga qaratilgan. Bu OnePlus smartfonlari orasida eng katta batareya hisoblanadi. Hatto flagman OnePlus 15 ham 7300 mA/soat quvvatga ega bo‘ladi.

OnePlus Ace 6 Snapdragon 8 Elite protsessori bilan ishlaydi. Qurilmada 16 GB RAM va 1 TB xotira bo‘ladi. Asosiy kamera 50 MP va 8 MP datchiklardan, old kamera esa 16 MP moduldan iborat.

Smartfon oq, kumush va qora ranglarda taqdim etiladi. Xalqaro bozorda esa u OnePlus 15R nomi bilan sotuvga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus Ace 6 smartfonining barcha texnik xususiyatlari ochiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek