OTB Oʻzbekistonda STEM ta’limini rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi

eʼlon qilindi
OTB 1995-yildan buyon O‘zbekistonga $14,6 mlrd miqdorida kredit, grant va texnik yordam koʻrsatgan
OTB
Foto: ADB

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekiston oʻrta ta’lim tizimida fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) fanlarini rivojlantirish maqsadida $100 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratishni maqulladi.

Loyiha Oʻzbekiston yoshlarini zamonaviy innovatsion koʻnikmalar bilan ta’minlashga, mamlakatni 2030-yilga borib daromadi oʻrtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiritishga qaratilgan.

«STEM ta’limini kuchaytirish Oʻzbekiston uchun inklyuziv, barqaror va raqobatbardosh kelajak yaratishga yordam beradi», – dedi OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya.

Dastur doirasida 200 ta oʻrta ta’lim maktabi yangilanib, zamonaviy laboratoriyalar, AKT infratuzilmasi, quyosh energiyasi tizimlari va imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun sharoitlar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, oʻqituvchilar olti STEM yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlanadi.

Loyiha Oʻzbekistonning 2022 – 2026-yillar Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlab, OTBning 2030-yilgacha moʻljallangan strategiyasida belgilangan raqamli transformatsiya, gender tengligi va iqlim barqarorligi kabi yoʻnalishlarga mos keladi.

Ma’lumot uchun, OTB 1995-yildan buyon Oʻzbekistonga $14,6 mlrd miqdorida kredit, grant va texnik yordam koʻrsatgan. Joriy yilda bank va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikka 30 yil toʻldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 million dollar ajratishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek