O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 8,3 mlndan 8,1 mln so‘mga tushdi

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi keskin pasayishni davom etmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
23-oktabr holatiga ko‘ra, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha tushdi. Xususan, 5 grammli quyma 8,326 mln so‘mdan 8,117 mln so‘mga, 10 grammli quyma 16,652 mln so‘mdan 16,234 mln so‘mga, 20 grammli quyma 33,305 mln so‘mdan 32,468 mln so‘mga pastladi.
Shuningdek, 50 grammli quyma 81,170 mln so‘m, 100 grammli esa 162,341 mln so‘mni tashkil etdi.
Jahon bozorida ham oltin narxi pasayishni davom etmoqda. Xususan, 23-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:33 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning spot narxi bir troya unsiyasi uchun $4087,01 ni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekiston $9,9 milliardlik oltin eksport qildi. Milliy statistika qoʻmitasiga ko‘ra, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 70,9 foiz koʻp. Oltin eksportidan tushgan daromad mamlakatning umumiy tashqi tushumlarining 37,1 foizini tashkil etdi. 2024-yil yanvar – sentabr oylarida xorijga $5,8 milliardlik oltin sotilgan bo‘lib, bu umumiy eksport tushumlarining 28,9 foiziga teng bo‘lgan.