O‘zbekistonda avtomobillar savdosi 6,4 foizga pasaydi

23-oktabr 2025 11:15 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Leapmotor
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) O‘zbekiston avtomobil bozorining sentabr oyidagi holati bo‘yicha yangilangan tahlilni e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu oyda yengil avtomobillar savdosi 84,6 ming donani tashkil etgan bo‘lib, bu avgust oyiga nisbatan 6,4 foizga kam.

Birlamchi bozor

Yangi avtomobillar segmentida mavsumiy pasayish kuzatilib, savdo hajmi 15,2 foizga kamayib, 31,9 ming donani tashkil etdi. Shundan 27,4 ming donasi mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar bo‘lib, bu avvalgi oyga nisbatan 16,1 foizga kam. Import qilingan yangi avtomobillar savdosi esa 4,5 ming donani tashkil etib, 8,9 foizga kamaydi.

Foto: CERR

Ikkilamchi bozor va elektromobillar

Sentabr oyida foydalanilgan avtomobillar segmentida 52,6 ming dona avtomobil sotilgan. O‘tgan oyda 7,8 ming dona elektromobil sotilgan – bu avgust oyiga nisbatan 21,6 foizga ko‘p va rekord natija hisoblanadi. Joriy yilning uchinchi choragida esa jami 20,7 ming dona elektromobil sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobar ko‘pdir.

Eng katta o‘sish Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

Elektromobillar savdosi:

Oy nomiBirlamchi bozor (import)Ikkilamchi bozorJami sotilgan elektromobillar
Yanvar2 3691 1373 506
Fevral2 1901 1653 355
Mart2 8161 7394 555
Aprel2 3691 7164 085
May2 9361 4254 361
Iyun2 7862 0104 796
Iyul3 2402 1985 438
Avgust3 5402 7236 263
Sentyabr5 0902 7187 808

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Chevrolet Cobalt va Damas ishlab chiqarishni kamaytirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek