Yangiliklar

O‘zbekistonda har beshinchi nikoh ajrim bilan tugamoqda

Ajrimlarning nikohlarga nisbati 14 foizdan 20 foizgacha oshdi
O‘zbekistonda har beshinchi nikoh ajralish bilan yakunlanmoqda
O‘zbekistonda har beshinchi nikoh ajrim bilan yakunlanmoqda. Foto: depositphotos.com

2025-yil yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonda 177 mingta nikoh qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 foizga kam (179,4 mingta). Shu bilan birga, ajrimlar soni 34 mingdan 35,4 mingtagacha oshgan, ya’ni 4,1 foizga ko‘paygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nikohlar sonining kamayishi ketma-ket beshinchi yil davom etmoqda. Agar 2021-yilda mamlakatda 206,8 mingta nikoh tuzilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 29,8 mingtaga (-14,4 foiz) kamaygan.

Shu davr mobaynida ajrimlar soni esa 29,1 mingdan 35,4 mingtagacha oshgan, bu esa 21,6 foiz o‘sishni anglatadi.

Natijada ajrimlarning nikohlarga nisbati 14 foizdan 20 foizgacha oshdi – deyarli har beshinchi oila ajralish bilan yakunlanmoqda.

Avvalroq yil boshidan buyon O‘zbekistonda 15 – 17 yosh oralig‘idagi qizlar o‘rtasida 155 ta nikoh holati qayd etilgani xabar qilingandi. Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarovning ta’kidlanishicha, mamlakatda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlari ham mavjud. Bunday nikohlar jiddiy xavflarni keltirib chiqaradi, ya’ni nogiron bolalar tug‘ilish ehtimolini oshiradi.