O‘zbekistonda turarjoy majmualarining nomi o‘zbek tilida yoziladi
eʼlon qilindi
2026-yil 1-yanvardan boshlab

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda quriladigan barcha turarjoy majmualari nomi faqat davlat tilida bo‘ladi. Bu haqda hukumat qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, binolardagi barcha yozuvlar – peshlavha, reklama, e’lon va devor yozuvlari ham o‘zbek tilida yozilishi shart.
Qurilish ruxsatnomalari va nazorat hujjatlari endilikda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi inspeksiyalari orqali yuritiladi.
Shuningdek, E-XSUD, «Shaffof qurilish» va ekologiya tizimlari Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi. Qaror rasmiy e’lon qilinganidan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistondagi 320 ta vokzal va stansiyalar nomi almashtirilishi haqida yozgandi.