Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlariga muvofiq
Foto: Daryo / Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlariga muvofiq, bir qator kadr o‘zgarishlari amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Sardorbek Ulug‘bekovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bungacha Prezident administratsiyasi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Alisherbek Azizovich Paygamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Tashqi aloqalar departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Aziz Toshpoʻlatov Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasiga rahbar etib saylangani haqida yozgandi.

Shuningdek