Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Bryusselga jo‘nab ketdi

Belgiya poytaxtida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi kutilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bryusselga jo‘nab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bryusselga jo‘nab ketdi. Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan Bryussel shahriga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston rahbari Yevropa Ittifoqi (YI) yetakchilari bilan uchrashib, O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Shuningdek, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ham kutilmoqda.

Bundan tashqari, Mirziyoyev Belgiya qiroli Filipp hamda Yevropaning yirik kompaniyalari va moliyaviy tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb 30 – 31-oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida yozgandi. Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik, mintaqaviy aloqalar va savdo-iqtisodiy munosabatlar muhokama qilinadi.