
«Taksi» filmidagi avtomobil, afsonaviy retromobillar, katta qiziqishlarga sabab bo‘lgan sariq Lamborghini: CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazma markazida Toshkent xalqaro avtomobillar ko’rgazmasi bo‘lib o’tmoqda. Kursiv Uzbekistan avtomobil ixlosmandlari uchun ko‘rgazmadan fotoreportaj tayyorladi.



Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
Ko‘rgazmada bir qator brendlar o‘z avtomobillarini taqdim qilishdi. Tashrif buyurganlar orasida noyob avtomobillarga qiziqish yuqori bo‘ldi.










Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
Bundan tashqari, bir qator ko‘rinishi qayta ishlangan avtomobillar ham kelgan mehmonlarni o‘ziga jalb qildi.








Pavilionlar orasida sariq rangli avtomobillar ham tomoshabinlarning diqqatini tortdi. Dunyoning bir qator nufuzli brendlari bo‘lgan Lamborghini, Xiaomi, Hammer, Mercedec va Zeekr brendiga tegishli bo‘lgan avtomobillarni ushbu ko‘rgazmada ajoyib ranglarda ko‘rishingiz mumkin.










Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
Toshkent xalqaro avtomobillar ko‘rgazmasida, shuningdek, premium sinfdagi avtomashinalarni ham kuzatish imkoni taqdim qilingan.





Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
Mashhur «Taksi» filmidagi Daniyelning taksisini bilmaydigan odam bo‘lmasa kerak.

Eslatib o‘tamiz, Tashkent International Auto Show 2025 22 – 24-oktabr kunlari CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tmoqda.
